Ramazon Temirov UFC reytingining “Top-15”taligiga kirdi
UFCning barcha vazn toifalarida yangilangan rasmiy reytingi eʼlon qilindi. Oʻta yengil vazn toifasida harakat qilayotgan oʻzbekistonlik jangchi Ramazon Temirov ketma-ket ikkinchi gʻalabasi evaziga ilk bor “Top-15” roʻyxatiga kirdi. Yangilangan reytingda u 13-pogʻonani egalladi.
Temirov soʻnggi jangida amerikalik Charlz Jonsonni magʻlubiyatga uchratgan edi. Ushbu natijaga koʻra, Jonson UFC reytingida 12-oʻrindan 15-pogʻonaga tushib ketdi. Oʻz navbatida, qozogʻistonlik Asu Almabayev ham bir pogʻona pastlab, 9-oʻrinda joylashdi. Hozirda vazn toifasida Aleksandr Pantoja chempionlik kamariga ega, Brendon Royval esa birinchi raqamli daʼvogar sanaladi.

Temirov oʻzining kelajakdagi ehtimoliy raqibi haqida ham fikr bildirdi. U qozogʻistonlik Asu Almabayev bilan jang oʻtkazish ehtimoli haqida gapirar ekan, bunday qarama-qarshilikni unchalik xohlamasligini taʼkidladi.
“Biz yaqin oʻrtoqmiz. Lekin endi menga farqi yoʻq, qaysi biri bilan boʻlib qolsa ham jang qilaveraman. Ammo men oʻzimizni yaqinlar bilan emas, boshqa yuqori darajadagi jangchilar bilan toʻqnashishni istardim”, — dedi Temirov oʻz gʻalabasidan keyingi matbuot anjumanida.
Mazkur natija UFCdagi oʻzbekistonlik jangchilar uchun muhim yutuq hisoblanadi. Ramazon Temirovning keyingi raqibi kim boʻlishi hozircha aniq emas, biroq uning reytingda ilgarilashi yanada kuchli raqiblar bilan jangovar kechalarni taʼminlashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring