Ramazon oyida qanday ovqatlanish zarurligi boʻyicha JSST oʻz tavsiyalarini eʼlon qildi
Ramazon oyida notoʻgʻri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti roʻzadorlar uchun sogʻlom ovqatlanish yuzasidan oʻz tavsiyalarini ishlab chiqdi. Ularga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos boʻlish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.
Koʻp miqdorda suv iching!
Bu yil odamlar kuniga oʻrtacha 14−15 soat davomida roʻza tutishlariga toʻgʻri keladi. Kunduzi havo harorati yuqori boʻlgan paytda salqin va soyali joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi.
Iftorlik va saharlik oraligʻida koʻp miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. Kunduzi havo harorati yuqori boʻlishi koʻp terlashni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu bois kun davomida yoʻqotilgan suyuqlik oʻrnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi.
Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu meʼyorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida hoʻl mevalardan yeyish foydali.
“Achiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv neʼmatlar hisoblanadi.
Shoʻrva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham isteʼmol qilish mumkin.
Tarkibida kofein mavjud boʻlgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan maʼqul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishi (degidratsiya)ga olib keladi.
Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy boʻlishini esdan chiqarmaslik zarur.
Kun davomida juda koʻp harakat qilish organizmning koʻp miqdorda suv yoʻqotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Ammo kun boʻyi harakatsiz oʻtirish ham tavsiya qilinmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring