Chorvachilik qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmining 46,3 foizni tashkil qiladi
Oʻzbekistonda chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi sohalaridan biri boʻlib, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda alohida oʻringa ega. Ushbu tarmoqning qishloq xoʻjaligidagi yalpi mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi 46,3 foizni tashkil qiladi. Quyonchilik chorvachilikning bir tarmogʻi sifatida asosan aholi xonadonlarida koʻpaytirilib, bu soha bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari soni juda ozchilikni tashkil qiladi. Chorvachilik qishloq aholisi uchun oziq-ovqat va daromad olishning muhim manbaiga aylanib bormoqda. Oziq-ovqatga talab ortib borayotgan ushbu kunlarda mazkur soha samaradorligini va raqobatdoshligini yanada oshirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Quyon koʻp bola berishi va tez yetiluvchanligi bilan boshqa qishloq xoʻjalik hayvonlaridan ajralib turadi. Quyon goʻshti sogʻliq uchun foydali boʻlib, boshqa goʻshtlardan taʼmi va parhez xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Quyon goʻshtining biologik qiymati, yumshoqligi hamda yogʻ va xolesterin moddasining kamligini hisobiga allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, meʼda, oʻt pufak, jigar xastaligiga chalingan bemorlarga isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Quyon goʻshti, ayniqsa, toʻla qiymatli oqsil moddasiga ehtiyoji boʻlgan maktabgacha yoshdagi bolalar, oʻsmirlar, emizikli ayollar, keksalar uchun foydalidir. Quyon goʻshti tarkibidagi yogʻ biofaol modda jarohatlarni davolaydi, yumshatuvchi, qichima va allergiyaga qarshi vosita sifatida qoʻllaniladi. Undan pardoz va davolovchi dori-darmonlar tayyorlanadi. Goʻsht yoʻnalishida quyon bolalari 60-70 kunlikda, goʻsht moʻyna yoʻnalishida esa 3-5 oyligida soʻyiladi. Har bir ona quyondan yil davomida 5-6-marta bola olish mumkin. Bu esa 70-80 kg goʻsht va 25-30 dona sifatli moʻyna demakdir. Goʻsht, moʻynadan tashqari momiq olinadi. Quyon momigʻi ingichkaligi, pishiqligi, issiqlikni oʻtkazish boʻyicha mayin junli qoʻylarning junidan qolishmaydi. 1 kg quyon momigʻidan 25 ta bosh kiyimini tayyorlash mumkin.
Mahsulot yetishtirilishiga koʻra quyonlar 3 turga boʻlinadi: goʻsht, goʻsht-teri (moʻyna) va yung olinadigan quyonlar.
Bundan tashqari yana yung qoplamasiga koʻra: qisqa yungli, meʼyoriy yungli va uzun yungli (momiqli); tanasining kattaligiga koʻra: yirik, oʻrta va mayda. guruhlarga ajraladi. Hozirgi vaqtda yurtimizda 60 dan ortiq quyon zotlari boqiladi.
Quyonlar bundan 2000-yillar ilgari xonakilashtirish asosida yaratilgan boʻlib, yovvoyi quyonlarning asl vatani Oʻrta yer, Qora dengiz atrofida boʻlib bu yerlar muloyim iqlimli hududlar hisoblanadi. Quyonlar dastlab Ispaniya, Fransiya hududlarida yashagan. Xonakilashtirilgandan keyin butun Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Amerika qitʼalariga tarqalgan. Osiyo va Yevropaning koʻpgina hududlarida quyonlarning yovvoyi ajdodlarini hozirgi paytda ham uchratish mumkin.
Zotdor quyonlarni yaxshi sharoitda urchitish lozim. Yangi sharoitga koʻchirilgan quyonlar iqlim va tabiiy-iqtisodiy sharoitlar taʼsirida oʻzgaradi. Ammo yaxshi boqilsa, yaxshi saqlansa, zotli sifatini saqlab qolishi mumkin.
Quyonchilikda zot deb, kelib chiqishi boʻyicha umumiylikka ega boʻlib, xoʻjalik foydali belgilarga xos, tana tuzilishi va fiziologik xususiyatlari mahsuldorligi jihatidan oʻxshash, hamda bu xususiyatlarini avloddan–avlodga oʻtkaza oladigan koʻp sonli guruhi tushuniladi.
Zotni doimiy yaxshilanishida mukammal tanlash va saralash, hamda mashhur qatorlar va oilalardan toʻgʻri foydalanishning ahamiyati katta.
Quyon zotlari mahsuldorlik belgilariga koʻra: goʻshtdor, goʻsht-teri, tivit yoʻnalishlariga boʻlinadi. Shuningdek jun qoplamining uzunligiga koʻra:
— oʻrta jundor;
— uzun jundor;
— hamda qoʻshimcha ravishda tivitli;
— dekorativ yoʻnalishlarga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyo hududida har tomonlama eʼtiborga taalluqli boʻlishidan tashqari, tabiiy iqlimi tez oʻzgaruvchan, yaʼni yozi issiq, qishi keskin sovib ketuvchi hudud hisoblanadi. Shuning uchun ham urchitiladigan quyon zotlari sinovdan oʻtkazilishi lozim. Bizning sharoitimizga moslashib urchitilayotgan bir nechta quyon zotlarini koʻrsatib oʻtishimiz mumkin.
Quyonlardan olinadigan mahsulotlarga qarab, ular ikkita katta guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh goʻsht va teri beradigan quyon zotlari. Bu guruhga juda koʻp quyonlar kiradi.
Ular quyidagilar: oq velikan, kulrang velikan, Rossiya marderi, shinshilla, kapalaksimon, olmaxonsimon, kumushsimon, qora qoʻngʻir, vena zangorisi, rus gornostay, novozelandiya oqi, kaliforniya quyoni, shanshan, gigant shinshilla, flandra, daniya quyoni, belgiya yovvoyisi, oq muskat, burgundiya qizili, Fransiya papilioni, polsha oqi, reke, Fransiya qoʻysimoni, oqland va boshqalar.
Ikkinchi guruhga tivit beradigan quyonlar kirib, bu guruhning vakillari kam tarqalgan, zotlari ham koʻp emas. Bu guruhga oq momiq beradigan quyon, angor zoti, kirov zoti va boshqa vakillari kiradi.
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida 2019-2021-yillarda “Quyonchilik va naslchilik” kompleksini ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, tuman hokimligi tomonidan 2019-yil 25-dekabr kuni 11 gektar yer maydoni Beruniy hududidan qurilish uchun ajratilib berildi. 2020-yil 24-dekabr kuni tuman hokimligi tomonidan zaxira yer maydonlaridan 254,5 gektar yer maydoni ozuqa uchun ajratilib berildi. 2021-yilga kelib “Quyonchilik va naslchilik” kompleksi qurilish ishlari yakunlanib, shu yil oxiriga “Italiya” davlatidan 2500 bosh biyanka zotli quyonlar keltirildi.
2022-yil boshida yana 3 ming bosh naslli quyonlar keltirildi hamda Ukraina davlatidan malakali mutaxassislar jalb qilinib, hozirda quyonchilik seleksiyasi yaʼni quyonlarni sunʼiy urugʻlantirish ishlarini yoʻlga qoʻyildi, bundan tashqari «Quyonchilik va naslchilik agro kompleks» MCHJ tarkibida quyon goʻshtini qadoqlash, moʻyna va teri olish, hamda qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga kelib «Quyonchilik va naslchilik agro kompleks» MCHJda 30 ming bosh naslli quyon zotlari koʻpaytirib, boqilib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring