Qurilish korxonalari yanvar-iyul oylarida qancha soliq toʻlagan?

14:31 27 Avgust 2024 Iqtisodiyot
326 0

Foto: Illustrativ

“Fiskal tahlillar” portali 2024-yil yanvar – iyul oylarida qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 31 ming 570 ta yuridik shaxs tomonidan 5,2 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlanganini maʼlum qildi. Shundan 609,3 milliard soʻmi, yaʼni 11,7 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri kelgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu qurilish kompaniyalarining jami tovar aylanmasi 8,8 trillion soʻmdan ziyod, qoʻllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 111,1 milliard soʻmga yaqin hisoblangan.

Eng koʻp soliq toʻlagan 20 ta korxona tomonidan qoʻllanilgan soliq imtiyozlari hamda toʻlangan soliqlar batafsil ushbu infografikada tanishishingiz mumkin.

Ushbu soliq toʻlovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha tartiblangan:

1. QQS – 266,2 milliard soʻm;

2. JSHODS – 100,6 milliard soʻm;

3. Foyda soligʻi – 99,7 milliard soʻm;

4. Ijtimoiy soliq – 85,8 milliard soʻm;

5. Mol-mulk soligʻi – 37,7 milliard soʻm;

6. Yer soligʻi – 15,5 milliard soʻm;

7. Boshqa soliqlar – 3,8 milliard soʻm.

Avvalroq, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni taʼsis etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?