Qumqoʻrgʻonda yangi gemodializ boʻlimi faoliyat boshladi
Qumqoʻrgʻon tumanida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi gemodializ boʻlimi ishga tushirildi. Bugunga qadar Surxondaryo viloyati boʻyicha gemodializ xizmati faqat Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi hamda Sariosiyo, Denov, Sherobod va Boysun tumanlarida amalga oshirilib kelgan edi.
Yangi boʻlim Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etildi.

Boʻlim zamonaviy uchta gemodializ apparati bilan jihozlangan boʻlib, muolajalar viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari nazorati ostida amalga oshiriladi. Bu esa tumanda gemodializga muhtoj boʻlgan 20 nafar bemor uchun qulay sharoit yaratib, ularning sogʻligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qumqoʻrgʻonda gemodializ boʻlimi faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi — Surxondaryo viloyatida tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻlidagi muhim qadam sifatida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tashabbus nafaqat tibbiy yordam koʻlamini kengaytiradi, balki chekka hududlardagi aholi uchun zamonaviy sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaratishdagi amaliy ifodaga aylanmoqda.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring