QQS toʻlovchilari soni deyarli 5 foizga oshdi (+toʻliq jadval)

Oʻzbekistonda maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni bir yil ichida oʻsishga erishdi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 1-sentyabr holatiga maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni 197 ming 819 tani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 % koʻp deganidir.
Eng koʻp QQS toʻlovchilar savdo sohasida boʻlib, 63,4 mingdan ziyod. Qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlashdagi eng faol ikkinchi soha qishloq xoʻjaligi boʻlib, 47,5 mingdan ortiq soliq toʻlovchilar ushbu sohada qamrab olingan.
Sanoat sohasi esa kuchli uchlikni yopib beradi. Sanoat sohasidagi QQS toʻlovchilari soni 27,3 mingdan ortiq boʻlib, eng koʻzga koʻringan sohalardan hisoblanadi.
QQS toʻlovchilarining yuqori oʻsish surʼatlari transport (13,5%), xizmat koʻrsatish (10,2%), axborot va aloqa (8,1%) sohalarida kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring