Qozogʻistondan Oʻzbekistonga yangi yoʻnalishda aviareys yoʻlga qoʻyildi
“Oqtau — Urganch — Oqtau” yoʻnalishi boʻyicha Qozogʻistonning “SCAT” aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-300 rusumidagi havo kemasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 7.00da Urganch xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Bu haqda “Uzbekistan airports” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Oqtau shahridan 7 nafar yoʻlovchini vohaga keltirgan samolyot Aeroport rahbariyati, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat Transport boshqarmasi, viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan yomgʻirli favvora yordamida tantanali kutib olindi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur aviaqatnov endilikda haftaning dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Maʼlumot oʻrnida: samolyot soat 8.00da 145 nafar yoʻlovchini olib, yana oʻz manzili tomon parvoz qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring