Qozogʻistondan 4 nafar bola Vatanga qaytarildi
Illyustrativ foto
Qozogʻistonda qarovsiz qolib ketgan 4 nafar voyaga yetmagan bola Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda yana 4 nafar voyaga yetmagan bola Nukus shahriga olib kelingan. Ular dastlab tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, psixologik yordam koʻrsatiladi.
Qayd etilishicha, agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi bolalarni keyinchalik oilaviy bolalar uylariga joylashtirishni rejalashtirmoqda.
“Bu chora-tadbirlar ularning barqaror ijtimoiy moslashuvi va munosib sharoitda ulgʻayishini taʼminlashga qaratilgan”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring