Qozogʻistondagi AES qurilishi boʻyicha referendum sanasi eʼlon qildi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatda atom elektr stansiyasi (AYES) qurilishi boʻyicha referendum sanasini eʼlon qildi. Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, respublika parlamenti ikki palatasining yigʻilishida ushbu qaror maʼlum qilingan.
“6-oktyabr kuni referendum boʻlib oʻtadi”, dedi Toʻqayev Qozogʻiston xalqiga murojaati chogʻida. Bir hafta oldin hukumat ushbu masala boʻyicha Energetika vazirligi loyihasini qabul qilgandi.
Qayd etilishicha, Qosim-Joʻmart Toʻqayev imzo chekkan va sana eʼlon qilinganidan keyin hujjat Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) yuboriladi. Oʻz navbatida, MSK referendumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ish boshlaydi.
Xitoyning KNNK, Koreyaning KHNP, Rossiyaning “Rosatom” va Fransiyaning EDF kompaniyalari Qozogʻistonda atom elektr stansiyalarini qurish boʻyicha toʻrtta kompaniya oʻz texnologiyalarini taklif qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring