Qozogʻistonda nikohga majburlash uchun jazo kuchaytirildi
Foto: Tengrinews.kz / Alixan Sariyev
Qozogʻistonda 16-sentyabrdan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonunchilik normalari kuchga kirdi. Ular odam oʻgʻirlash va nikohga majburlash holatlarini qamrab oladi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Jinoyat kodeksining 125-moddasidagi yengillik beruvchi qoida bekor qilindi. Ilgari jabrlanuvchini ixtiyoriy qoʻyib yuborgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkin edi. Endi bu amaliyot tugatildi — aybdor shaxs keyingi harakatlaridan qatʼi nazar jazoga tortiladi.
Shuningdek, kodeksga yangi 125-1-modda (“Nikohga majburlash“) kiritildi. Unga koʻra, aybdor katta miqdorda jarima toʻlashi, axloq tuzatish yoki jamoat ishlariga jalb qilinishi, shuningdek, ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Agar jinoyat oqibatida ogʻir holatlar yuz bersa, jazo 5-yildan 10-yilgacha qamoqni oʻz ichiga oladi. Kuch ishlatish, guruh boʻlib amalga oshirish yoki xizmat mavqeidan foydalanish kabi holatlarda yanada qattiqroq choralar qoʻllanadi.
Mamlakatda hanuz “алып қашу“ — kelin oʻgʻirlash amaliyoti yoʻqolmagani aytilmoqda. Qonunga koʻra, bu harakat jinoyat hisoblanadi va jamoatchilik ham bunday holatlarning mutlaqo notoʻgʻri ekanini tobora koʻproq muhokama qilmoqda. Shunga qaramay, muammo keskinligicha qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring