Qozogʻiston rasmiylari Sardobadagi toshqinni muhokama qilish uchun Oʻzbekistonga kelmoqda

13:38 04 May 2020 Siyosat
1222 0

Qozogʻistonning Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Shukeyev va Qozogʻiston suv xoʻjaligi sohasining mutaxassislari Maxtaaral tumanida yuz bergan suv toshqini masalasini muhokama qilish uchun Sirdaryo viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, mazkur maʼlumot viloyat hokimining oʻrinbosari Saken Kalkamanov tomonidan brifingda aytib oʻtilgan. Unga koʻra, ishchi guruh tegishli vazirliklar vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazadi.

“Maxsus guruh Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev va Sirdaryo viloyati rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazadi. Umuman olganda, ushbu holat ikki mamlakat hukumati bilan birgalikda muhokama qilinadi va hal qilinadi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hududga 300 million kubometr suv kelgan.

Hozircha hech qanday xavf yoʻq, deb aytishga juda erta. Oʻzbekiston tomonidan suv oqimi hali qaysi yoʻnalishda kelishi nomaʼlum, chunki qoʻshni davlat bilan hozirgi vaziyat haqida maʼlumot almashish tizimlashtirilmagan. Biz ushbu uchrashuv natijalari haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qilamiz”, degan Saken Kalkamanov.

Taʼkidlanishicha, hozirgi vaqtda Ferdavsiy qishlogʻi toʻliq suv ostida qolgan. Shu bilan birga, Mirzakent qishlogʻini toʻliq suv bosmagan. Biroq xavf mavjud. Shu sabab toʻgʻon qurilmoqda.

“Bundan tashqari, Maxtaaral tumanida suv ostida qolishi mumkin boʻlgan yana yettita aholi punkti aniqlandi. Hozirgacha suv bosgan qishloqlardan 3111 sigir, 1110 ot, 585 qoʻy, 34 tuya evakuatsiya qilindi”, deyiladi Turkiston mintaqaviy aloqa xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер