Qovun eksporti jugʻrofiyasi kengaymoqda
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda yetishtirilgan poliz mahsulotlari, xususan, Mirzachoʻl qovunlarining dunyoga dongʻi ketgan.
Mirzachoʻl vohasi qovunlari shu kunga qadar Avstriya, Germaniya, Latviya, Litva, Norvegiya, Polsha, Qozogʻiston, Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qilindi. Mavsum davomida xaridor mamlakatlar soni yanada ortishi kutilmoqda. Zero, ushbu poliz mahsulotining oʻtgan yilgi eksport jugʻrofiyasida Buyuk Britaniya, Xitoy, Moʻgʻuliston, BAA, Qozogʻiston, Yaponiya kabi 17 ta mamlakat qayd etilgan edi.
Taʼkidlash lozimki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport talablariga mos ravishda yetishtirish muhim ahamiyatga ega.
— Poliz ekinlarini parvarishlayotgan dehqon-fermerlarga qovun mahsulotlarida uchraydigan zararkunanda hasharotlar hamda kasalliklarga qarshi kurashish boʻyicha muntazam ravishda tavsiya va tushunchalar berib boryapmiz. Va ushbu saʼy-harakatlarimiz kutilgan samarani berayotir, — deydi Sirdaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Umid Abdurayimov.
Maʼlumot uchun aytish joiz, joriy yilda Sirdaryo viloyati boʻyicha 11 725 gektar maydonda qovun yetishtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring