Qoʻshtepa kanalining ikkinchi bosqichida oltita yirik koʻprik quriladi

Afgʻoniston rasmiylari Qoʻshtepa kanali loyihasining ikkinchi bosqichi boʻylab oltita yirik koʻprik qurilishini maʼlum qildi. Ularning aytishicha, bu koʻpriklar kanal orqali oʻtadigan tuman va qishloqlarni bogʻlash uchun xizmat qiladi. Qoʻshtepa kanali loyihasi rahbariga koʻra, koʻpriklar Shoʻrtepa, Qarqin, Xamaab kabi tuman va shaharlarni bogʻlaydi. Shuningdek, loyiha har ikki tomondagi odamlarning ijtimoiy, iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashi kutilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Balx tumanidagi ushbu kanal boʻylab uchinchi koʻprik qurilishi davom etmoqda.
Ayni paytda Milliy taraqqiyot kompaniyasi tomonidan Qoʻshtepa kanalining birinchi bosqichi boʻylab ikkita yirik koʻprik foydalanishga topshirilgan.
Kanal qurilishi 2022-yil mart oyidan boshlangan. 285 kilometrli kanal Amudaryo suvlarini burish orqali hosil boʻlmoqda. Tolibon bu orqali 550 ming gektar choʻlni qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlarga aylantirishni koʻzlagan. Tashabbus yiliga oʻrtacha 500 million dollar daromad keltirilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring