Qoʻrgʻontepaliklar havoda kartoshka yetishtirishga kirishdilar

14:58 13 Iyul 2022 Jamiyat
896 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida aeroponika usulida kartoshka yetishtirishga kirishildi. Buning uchun 1,5 gektar maydonda maxsus issiqxona barpo etildi. Xoʻsh, ushbu innovatsion usul qay jihatlari bilan muhim?

— Aeroponika usuli, taʼbir joiz boʻlsa, havoda hosil yetishtirish deganidir, — deydi “Organik sits” MCHJ rahbari Oybek Toʻraqulov. — Bunda kartoshka tuproq yoki suvda emas, balki, havoda muallaq holatda parvarishlanadi. Unga kerakli ozuqa purkash orqali yetkazib beriladi. Natijada virussiz hosil olish imkoni yaratiladi. Qolaversa, hosildorlik uch barobarga ortadi. Bir gektar maydondagi issiqxonada Fargʻona vodiysi viloyatlari uchun urugʻlik kartoshka yetishtiriladi. Bunda bir yilda toʻrt marta hosil olish mumkin. Birinchi bosqichda 3 ming gektar maydonga yetadigan urugʻlik olishni rejalashtirganmiz.

5 mln. AQSH dollari miqdoridagi ushbu loyiha bir mavsumda 11,7 mlrd. soʻmni tejab, 11,2 mlrd. soʻm daromad olish imkonini beradi. Ayni paytda issiqxonada pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ikki oydan soʻng maydonga ilk kartoshka urugʻi qadaladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер