Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi — koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay qayta qurildi.
Zamonaviy koʻprikning uzunligi 42, eni 7 metrga teng, ikki yonida piyodalar yoʻlakchasi ham bor. Pudratchi tashkilot – “Cone stru projek invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari obyektni roppa-rosa 70 kunda bitkazib berdi. Uni barpo etish uchun davlat byudjetidan 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

— Yoʻl, koʻprik qurish xalqimizda eng savob va ezgu ishlardan hisoblanadi, — deydi “Qoraqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Meliqoʻzi Toʻxtayev. — Mustahkam koʻprik nafaqat bizning mahallamiz, balki yon-atrofdagi Qala, Beruniy, Vatanparvar aholi punktlari ahlining mushkulini ham oson qildi.
Mahalla raisining aytganicha bor. Keng va ravon koʻprikdan qatnayotganlar borki, uni bunyod etganlarga minnatdorlik bildirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring