Qoraqalpogʻistondagi Mizdakxon maqbarasi bazasida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi

11:35 24 Iyul 2022 Madaniyat
1215 0

Foto: Arxiv surat

Qoraqalpogʻistondagi Mizdakxon maqbarasi bazasida noyob tarixiy-arxeologik park barpo etiladi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi direktori Tigran Mkrtichev “Oʻzbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy anjumanida soʻz yuritdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Xoʻjayli shahri yaqinida joylashgan 200 gektarlik Mizdakxon maqbarasi hududida tarixiy-arxeologik park barpo etilishi rejalashtirilgan. Majmua Saviskiy muzeyining tarkibiy boʻlinmasiga aylanadi. Mizdakxon qadimiy yodgorliklari majmuasini targʻib qilish, oʻrganish va saqlash uchun muzey masʼul boʻladi.

Mizdakxon nekropoli Govur-qalʼa qoldiqlari yonida joylashgan qadimiy qabristondir. Bu qalʼa oʻz nomini arablar istilosi davrida olgan va tarjimada “kofirlar qalʼasi” degan maʼnoni bildiradi, chunki olimlar arablar istilosidan oldin qalʼa aholisi zardushtiylar boʻlganini aniqlagan.

Butun yodgorliklar majmuasi Xoʻjaylidan 3-4 km janubda joylashgan uchta tepalikda joylashgan. Bu yerda aholi punktining paydo boʻlishi miloddan avvalgi IV asrga toʻgʻri keladi. Qalʼa oʻn metrli devorlari qudrati bilan hayratda qoldiradi. Bu devorlar qoldigʻi qadimiy shahardagi ikkita inshoot xarobalarini hamon himoya qilib kelmoqda. Arxeologlar fikriga koʻra, xarobalardan biri saroy binosi boʻlsa, ikkinchisi olov ibodatxonasi vazifasini bajargan.

Yana bir tepalik esa dastlab zardushtiylar dafn marosimi oʻtkazadigan joy boʻlib, u yerda qalʼa aholisi zardushtiylik udumiga koʻra oʻliklarni qoldirishgan. Buni arxeologlar tomonidan topilgan ossuariylar va daxmaga oʻxshash narsa — zardushtiylar oʻliklarni qoldirgan tekis tomli minora tasdiqlaydi. Qushlar murda suyaklarini kemirib boʻlgach, qarindoshlari ularni yigʻib, ostadonga solishgan.

VIII asrda qalʼa arablar tomonidan bosib olingandan soʻng Oʻrta Osiyoning barcha kengliklarida zardushtiylik dini yoʻq qilindi va marhumlar musulmon urf-odatlari boʻyicha dafn qilina boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер