Qoraqalpogʻistondagi bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi

Illyustrativ foto
Qoraqalpogʻistonning Ellikqalʼa va Beruniy tumanlari orasida joylashgan Aqchakoʻl suv havzasida ona va uning ikki qizi choʻkib halok boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 23-iyul kuni soat 15:00 atrofida Beruniy tumanida yashovchi 38 yoshli erkak Aqchakoʻl koʻliga turmush oʻrtogʻi farzandlari va jiyanlari bilan dam olish maqsadida borgan. U koʻlga oʻzining shaxsiy qayigʻi bilan tushgan, biroq qayiq koʻl oʻrtasiga borganda ehtiyotsizlik oqibatida choʻkib ketgan.
Oqibatda erkakning 36 yoshli turmush oʻrtogʻi Z.R. hamda 10 va 13 yoshli qizlari suvga choʻkib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Avvalroq Qashqadaryoda choʻmilish uchun daryoga borgan 61 yoshli ikki ayol oqib ketib, vafot etgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring