Qoraqalpogʻistonda bojxonachilar qariyb 20 kg sintetik giyohvandlik moddasini fosh qildi

Foto: Bojxona qoʻmitasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona postida ogʻirligi qariyb 20 kg boʻlgan sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona posti va boshqarmaning tezkor tuzilmalari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Respublikaga kirib kelgan “Lada Largus” rusumli avtotransport vositasini belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazgan.
Koʻrik davomida avtotransport yukxonasidagi 2 dona ovoz kuchaytirgich (kolonka) bojxona xodimlarining diqqatini tortgan. Ushbu kolonkalar xolislar ishtirokida ochib koʻrilganida, ularning ichida 36 dona polietilen oʻramlar mohirlik bilan yashirilganligi aniqlangan.
Oʻramlardagi oq rangli, oʻtkir hidli, kukunsimon moddalar esa Markaziy bojxona laboratoriyasining xulosasiga koʻra 18,97 kg ogʻirlikdagi “mefedron” sintetik giyohvandlik moddasi boʻlib chiqdi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring