Qoraqalpogʻistonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida oʻz oilasiga qaytarildi

13:18 30 Avgust 2022 Siyosat
797 0

Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarni mustaqil ravishda oʻrganayotgan Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi iltimosnomasiga koʻra, 24 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida oʻz oilasiga qaytarildi. Ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi.

Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekanligi, qaramogʻida voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek, oilaviy sharoiti ogʻir ekanligi, baʼzi shaxslarning oilada yolgʻiz boquvchi boʻlganligi eʼtiborga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер