Qoraqalpogʻiston Respublikasida 677 ta korxona qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻldi

12:13 17 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
1436 0

Illyustrativ foto

Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab sohada yangi oʻzgarishlar davri boshlandi.

Xususan, yillik aylanmasi (tushumi) bir milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazildi.

Ammo ochigʻini aytish kerakki, bu oʻzgarishlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash va uni hisoblash amaliyoti haqida turli savollarni paydo qilmoqda.

Shundan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi aylanmasi (tushumi) bir milliard soʻmdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish, yaʼni QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatga olish boʻyicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirib kelayotir.

Xususan, joriy yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 254 ta korxona umumbelgilangan soliq turlarini toʻlab kelgan boʻlsa, mamlakatimizda joriy etilgan yangi soliq islohotlari samarasida 1 yanvardan eʼtiboran 677 ta korxona qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilib, ularga maxsus guvohnomalar tarqatildi.

Bundan tashqari, soliq organlaridagi mavjud maʼlumotlar tahliliga koʻra, 2018 yil yakunlari boʻyicha tovar aylanmasi bir milliard soʻmdan oshgan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida 502 ta korxona roʻyxatga olingan. Xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarga esa huquqiy maslahatlar berilib, roʻyxatga olish ishlari davom ettirilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shuʼbasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер