Qoraqalpogʻiston Oliy taʼlim vaziri tayinlandi

14:40 15 Avgust 2025 Jamiyat
104 0

Foto: Joʻqorgʻi Kenges

Amanjol Tlepovich Ayapov Qoraqalpogʻiston Respublikasining Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Amanjol Ayapov mehnat faoliyati davomida 2000-2016-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetida, 2016-2017-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 2017-2020-yillarda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri kabi masʼul lavozimlarda mehnat qilib kelgan.

U 2020-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Qayd etish kerakki, Ayapovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida (2024-yil fevralidan) Batirbek Kaipbergenov ishlab kelayotgan edi.

U joriy yilning 19-may kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер