Qoraqalpogʻiston energetiklariga 30 ta zamonaviy elektromobil topshirildi
Ayni kunlarda mamlakatimizda aholini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash, tizim korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpogʻiston hududiy filiali xodimlariga xizmat avtotransport vositalarining topshirilayotgani ana shu islohotlarning amaldagi ifodasidir.
Nukus shahrida xizmat avtotransportlarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T. Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. Ermanov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari R. Nurazizov ishtirok etdi.
Jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar qatnashgan tadbirda soʻzga chiqqanlar sohani zamonaviy texnika va tejamkor transport vositalari bilan taʼminlash isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqishini taʼkidladilar.

Marosim davomida hududiy filial tasarrufidagi shahar va tuman elektr taʼminoti boʻlimlari uchun yuk va yoʻlovchi tashishga moʻljallangan 30 ta zamonaviy “Changan” rusumli elektromobil kalitlari topshirildi.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, ushbu yangi transport vositalari elektr tarmoqlarida profilaktik nazorat ishlarini tizimli olib borish, ayniqsa, avariya holatlari yuz berganda hududlarga tezkor yetib borish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa tarmoqdagi yoʻqotishlarni kamaytirish va aholi xonadonlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Gʻayrat Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring