Qorakoʻlda tumanlararo perinatal markazning yangi binosi foydalanishga topshirildi
Yangi yil ayyomi kunlarida Qorakoʻlda tumanlararo perenatal markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
— Bu 2026-yilda nafaqat Qorakoʻl, balki qoʻshni Olot va Jondor tumanlarida istiqomat qiluvchi yosh oilalar uchun ham munosib tuhfa boʻldi, — deydi mahalla faollaridan biri M. Rajabova. — Negaki, bolajon xalqmiz. Farzandning toʻrt muchasi sogʻlom dunyoga kelishi xonadonimizga yorugʻlik olib kiradi. Qoʻshqavatli, zamonaviy binoda ona va bola salomatligini ishonchli muhofaza etish, shifokorlarning oʻz burchlarini sidqidildan bajarishlari uchun zarur barcha qulayliklar mavjud. Biz davlatimiz tomonidan tibbiyot xodimlariga shunday imkoniyatlar yaratilib, ularning mehnati munosib ragʻbatlantirilayotganidan ham xursandmiz.

Ushbu loyiha roʻyobi uchun 4 milliard soʻm miqdorida mablagʻ sarflandi. Bemorlarga moʻljallangan palatalar, shifokorlar kabinetlari, tibbiy tahlillar, jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladigan xonalar, kutish zallari — barcha-barchasi zamonaviy talablar asosida jihozlangan. Markazdan “Osiyo taraqqiyot banki” krediti asosida sotib olingan eng soʻnggi rusumdagi tibbiy texnika vositalari ham oʻrin oldi. Yangi inshoot eng chekka hududlarida yashovchi aholini ham sifatli tibbiy xizmatdan bahramand etishga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani ifodasidir.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring