Qoʻqonda yangi maktab foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon shahrida davlat dasturi doirasida yangidan barpo etilgan 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabi foydalanishga topshirildi.
Taʼlim muassasasi qurilishi uchun davlat byudjetidan 7.5 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, 420 oʻrinli oʻquv binosi, oshxona, sport va faollar zallari bunyod etildi.
— Bilim dargohida aniq fanlar, xorijiy tillar, kasb-hunar oʻrgatish va sport mashgʻulotlari uchun barcha sharoitlar muhayyo etildi, — deydi Qoʻqon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Irodaxon Mirzayeva. — Bu mamlakatimizda barkamol avlod orzusi ijobati yoʻlida olib borilayotgan izchil saʼy-harakatlarning amaldagi yana bir namunasidir.
Tadbirda Qoʻqon shahar sektor rahbarlari, ustozlar hamda oʻquvchilar ishtirokida “Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida maktab hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring