Qoʻqonda mushakbozlik uyushtirgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi (+video)
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida Yangi yil bayramini nishonlash bahonasida qoʻlbola usulida yasalgan pirotexnika vositalari bilan mushakbozlik uyushtirgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi
Maʼlum qilinishicha, 31-dekabr kuni soat 23:55 atrofida Qoʻqon shahridagi A. Charxiy koʻchasida ushbu hududda yashovchi fuqarolar yoʻlning qatnov qismiga chiqib, mushakbozlik uyushtirishga uringan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, taxminan 10-15 nafar shaxs tomonidan Oʻzbekiston tumaniga qarashli Ohunqaynar qishlogʻida qoʻlbola usulda tayyorlangan pirotexnika buyumlari otilgan.
Holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, qoidabuzarlarning shaxsi aniqlangan. Ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 185¹-moddasi (pirotexnika vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish) asosida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga taqdim etilgan.
Qoidabuzarlardan birining soʻzlariga koʻra, ular raketa koʻrinishidagi qoʻlbola maket yasab, uning tashqi qismiga rangli skotch yopishtirgan. Ushbu qurilmaning ichiga kichik hajmdagi pirotexnika joylashtirilgan va ishga tushirilgan.
Sud qarori bilan har bir shaxsga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring