Qoʻqonda belbogʻli kurash boʻyicha jahon chempionati oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahridagi madaniyat va istirohat bogʻida joylashgan qadimiy “Oʻrda” maydonida ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Qoʻqon va sport” shiori ostida belbogʻli kurash boʻyicha 2005-2006-yillarda tugʻilgan oʻsmir va qizlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Musobaqada Rossiya, Moʻgʻuliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan 200 ga yaqin eng yosh polvonlari ishtirok etishdi.
Chempionatda belbogʻli kurash boʻyicha oʻgʻil bolalar - 42, - 45, - 50, - 55, - 60, - 65, - 71, - 77 , - 85, - 95, + 95 kg. vazn toifalarida kuch sinashgan boʻlishsa, qizlar - 44, - 48, - 52, - 57, -63, - 70, +70 kg. vaznlarda gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa reglamentiga koʻra kunning birinchi yarmida saralash bosqichi oʻtkazilgan boʻlsa, kunning ikkinchi yarmida yarim final, final bellashuvlarida kuchlilar aniqlandi.
Jahon chempionatining ochilish marosimida Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Gʻaniyev ishtirok etib, polvonlarga omad tiladi. Shuningdek, ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdulla Aslanov, Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshid Ahmedov, Osiyo belbogʻli kurash konfederatsiyasi prezidenti Moʻminxoʻja Muratov, Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar qatnashdi. Marosimda xorijdan tashrif buyurgan sport delegatlarga mezbonlar tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari berildi.
Jahon chempionati bahslari yakunlangach, gʻolib sportchilar tantanali tarzda taqdirlandi. Har bir vazn toifasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilarga 5 million soʻm, ikkinchi oʻringa ega boʻlgan sportchilarga 3 million soʻm, ikkita uchinchi oʻrinni egallagan polvonlarga 2 million soʻmdan pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring