Qoʻqon shahridagi mahallalarda sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilmoqda

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. 2024-yilning oʻtgan davrida Qoʻqon shahrining ikkita mahallasida zamonaviy sport inshootlari qurib, foydalanishga topshirildi. “Muqimiy” mahalla fuqarolar yigʻinida davlat-xususiy sheriklik asosida “Universal” sport maydoni, “Shaldiramoq” MFYda “Tashabbusli sport” dasturi boʻyicha Strit-Vorkaut maydonchasi faoliyat boshladi.
Aytish joiz, bugungi kunda Qoʻqon shahridagi 2 ta ixtisoslashgan sport maktabida 110 ta sport guruhi mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda 3 ming nafarga yaqin mahalla yoshlari shugʻullanmoqda. Bu yigit-qizlarga 82 nafar malakali murabbiylar biriktirilgan.
Qoʻqon shahar hokimligi hamda Mahallalar uyushmasi Qoʻqon shahar boʻlimi hamkorligida mahallalarda muntazam ravishda oʻtkazilayotgan sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarida minglab aholi vakillari faol ishtirok etmoqda.
— Mahallamizda futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika sport turlari bilan shugʻullanish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan, —deydi Qoʻqon shahridagi “Amir Temur” MFY yoshlar yetakchisi Barno Sultonova. — Shu bois mahallamizda tez-tez shahar miqyosida turli sport musobaqalari tashkil etiladi. Bu galgi turnirda ham shaharning deyarli barcha mahallalaridan yigit-qizlar jalb etildi.
Sport musobaqalari doʻstona ruhda oʻtkazilib, gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring