Qonuniylik, insonga eʼtibor va elning roziligi — asosiy mezon
Xalqimizning farovon, tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlash, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish barchamizning oliy maqsadimizdir.
Bosh prokuraturada Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼullari, Oliy Majlis va Hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturalari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Majburiy ijro byurosi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev kirish soʻzi bilan ochib, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirga taklif etilgan mehmonlar ham soʻzga chiqib, prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan tabriklab, oʻzlarining ezgu tilak-istaklarini izhor etdi.
Bosh prokuror tomonidan prokuratura organlari xodimlari xalq ogʻirini yengil qilish, yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarni hal etish, aholi farovonligini oshirish, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash kabi Davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalarni amalga oshirilishida nafaqat nazorat oʻrnatmoqda, balki bu ishlarda yaqin koʻmakchi va tashabbuskor boʻlayotganligi, bugun xalq bilan ochiq muloqot, fuqarolarning dardu tashvishlariga malham boʻlish, muammolarini joyida hal etish prokurorlarning kundalik ishiga aylanganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir yakunida Bosh prokuror buyrugʻiga asosan halol va fidokorona mehnati bilan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda qonuniylikni mustahkamlashga oʻzining munosib hissalarini qoʻshib kelayotgan va xizmat vazifalarini namunali bajarayotgan bir qator xodimlar taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring