Qonun loyihasi bilan 7 ta kodeks, 18 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi va qabul qilindi.
Mazkur qonun loyihasi bilan 7 ta kodeks, 18 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda. Yaʼni “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan soliq solishning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga toʻlovga qobiliyatsizlikning sogʻlomlashtirish jarayonida joriy soliq toʻlovlarini toʻlashni toʻxtatib turish va mazkur tartib-taomil yakunlangach soliq qarzlarini olti oy ichida teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlash, qarzdor yuridik va jismoniy shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarning qarzdorlikni toʻlashga yoʻnaltirilgan qismini daromad sifatida hisobga olmaslikni nazarda tutish belgilanmoqda.
Majlisda “Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Anqara, 2023-yil 16-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi qonun loyihasi moddama-modda koʻrib chiqildi va qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring