Qonun bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda

16:24 14 Dekabr 2023 Siyosat
196 0

Joriy yilning 14-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi oldidan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda senatorlar, vazirlik va idoralar masʼullari, ekspertlar, shuningdek, hududlardan mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiya aʼzolari hamda Yoshlar parlamenti vakillari ishtirok etdi.

Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama etilishi rejalashtirilayotgan masalalar, xususan, «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun atroflicha muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati qarorlariga muvofiq qabul qilingan davlat dasturlari va tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 2024-yilda jami 53,1 trln. soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

Madaniyat vazirligiga 2024-yilda respublika byudjetidan 1,1 trln soʻm, shu jumladan vazirlikning joriy xarajatlariga 820,4 mlrd. soʻm, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga 280 mlrd soʻm ajratilishi koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, madaniyat sohasini rivojlantirish uchun jami 149,5 mlrd soʻm ajratish rejalashtirilmoqda. Jumladan, davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish uchun xarajatlar 105 mlrd soʻm hamda xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston hududida kino ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 5 mlrd soʻm, bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda madaniyat markazlarini milliy cholgʻu asboblari bilan taʼminlash uchun 7,5 mlrd soʻm ajratilishi belgilangan.

Yoshlar siyosati va sport vazirligiga 2024-yilda respublika byudjetidan 1,8 trln soʻm, shu jumladan, vazirlikning joriy xarajatlariga 1,3 trln soʻm ajratish koʻzda tutilmoqda. Cport sohasidagi davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun 980 mlrd soʻm ajratilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Olimpiya oʻyinlariga samarali tayyorgarlik koʻrishga 250 mlrd soʻm, Paralimpiya oʻyinlari uchun esa 41 mlrd soʻm nazarda tutilgan.

Eʼtiborli jihati, Davlat byudjetida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni kengaytirish va yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda subsidiyalar uchun 150 mlrd soʻm ajratish belgilanmoqda.

Madaniy meros agentligiga 2024-yilda respublika byudjetidan 213,5 mlrd soʻm, shu jumladan, agentlikning joriy xarajatlari uchun 183,5 mlrd soʻm ajratish koʻzda tutilmoqda. Madaniy meros sohasidagi davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun 131 mlrd soʻm ajratilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash, shuningdek, arxeologik ishlar uchun 125 mlrd soʻm miqdorida hamda davlat muzeylarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 6 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi nazarda tutilgan.

Majlis davomida masʼul vazirlik va idoralar vakillari mazkur mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan qisqacha axborot berdi.

Shundan soʻng “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokamasiga oʻtildi.

Jumladan, oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu Qonunning maʼqullanishi yuzlab yoshlarga hayotini qaytadan boshlash, oʻz oʻrnini topish, oilasiga, mahallasiga, jamiyatga foyda keltiradigan inson boʻlib kamolga yetish imkonini berishiga ishonch bildirildi.

Majlis yakunida Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qil

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?