Qonli kechgan jangda Islom Maxachev chempionlik kamarini muvaffaqiyati himoya qildi
Foto: Getty images
Oʻzbekiston vaqti bilan bugun, 2-iyun tongida AQSHning Nyu-Jersi shtatida UFC 302 musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Kechaning markaziy jangi P4P reytingi yetakchisi Islom Maxachev va daʼvogar Dastin Porye oʻrtasida kechdi. Besh raundga moʻljallangan jang soʻnggi raundda bazasi kurash boʻlgan Islomning Poryeni boʻgʻib qoʻyishi bilan tugadi.
Porye 4 raund urinib koʻrdi, rossiyalik raqibining maksimal xavf tugʻdira oladigan kurashidan ikki-uch bor qutilib qoldi. U hatto 3-raundda Islomning peshonasini yorishga ham ulgurdi. 35 yoshli sportchi qonli kechgan jang davomida chempionlikka munosib jangchi ekanini isbotladi. Biroq Maxachev raqibining xatosini izladi va topdi, u 5-raund yakunida Poryeni boʻgʻish usuli bilan taslim qildi.
Jang yakunida amerikalik sportchi ajoyib jang uchun Islomga minnatdorchilik bildirdi va oʻzida shuncha titul janglaridan keyin motivatsiya tugaganini aytib, faoliyatini tugatishga shaʼma qildi.
Maʼlumot uchun, Poryening hisobida 30 ta gʻalaba va 8 ta magʻlubiyatli jang bor. 32 yoshli Maxachev esa bunga qadar 26 ta jangda qatnashib, 25 gʻalaba va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring