Qoʻmita majlisida qator ijtimoiy masalalar muhokama qilindi

Joriy yilning 29-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi majlisida ijtimoiy masalalarga oid qonun muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonunda ijtimoiy ish sohasidagi asosiy tushunchalar aks ettirilgani taʼkidlandi. Bundan tashqari, unda ijtimoiy ish sohasining asosiy prinsiplari, ijtimoiy ishni tashkil etish, ijtimoiy ish sohasini tartibga solish, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam sohasidagi davlat nazorati, ijtimoiy xodimning huquq va majburiyatlari, ijtimoiy xodim faoliyatining kafolatlari belgilab berilganligi qayd etildi.
Qonun yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda ekspertlarning takliflari eshitildi. Batafsil oʻrganishlardan soʻng Qoʻmita tomonidan tegishli qaror qabul qilinishiga kelishildi.
Shuningdek, majlisda Toshkent viloyatida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari koʻrib chiqildi.
Maʼlumotlarga koʻra, viloyatda hozirgi kunda 877 ta davlat umumtaʼlim maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 568 027 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda. 2025-yilda maktabni 34 720 nafar oʻquvchi tamomlagan boʻlib, ulardan 30 260 nafari davlat oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirib, oʻrtacha 76,9 ball natija qayd etilgan.
Shu bilan birga, senatorlar tomonidan taʼlim sifatini baholashga qaratilgan tadbirlarda ayrim kamchiliklar qayd etildi. Xususan, 2025-yilda oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida oʻqituvchilarning 852 nafarida (8,2%) malaka toifasi pasaygan, 5 775 nafari (55,3%) esa belgilangan minimal oʻtish ballni toʻplay olmagan. Shuningdek, 2025-yilda oʻquvchilarning mintaqaviy va xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki respublika koʻrsatkichining bor-yoʻgʻi 2,5 foizini tashkil etgan (respublika boʻyicha jami medallar soni – 195 ta, Toshkent viloyatida esa – 5 ta).
Shuningdek, viloyatda jami 158 ta umumtaʼlim maktab uzoq yillardan buyon davlat dasturlari asosida mukammal taʼmirlanmagan, 149 ta maktabning sport zallari taʼmirtalab holatda boʻlsa, 174 ta maktabning sport zallari mavjud emas, 2 059 ta sport maydonchasining 552 tasi holati qoniqarsiz ahvolda.
Muhokama yakunida mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi va Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
- Sardobaning siri nimada?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring