Qoʻmita majlisida “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi

09:26 16 Sentyabr 2025 Siyosat
47 0

Joriy yilning 15-sentyabr kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi majlisida “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Qonun bilan oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini taʼminlashning asosiy prinsiplari belgilanib, vakolatli davlat organlarining sohadagi vakolatlari aniq koʻrsatilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil qilish belgilanmoqda. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Qonunda xalqaro talablardan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishning asoslari, tartibi va shakllari nazarda tutilmoqda.

Import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotini davlat nazoratini oʻtkazish boʻyicha talablar xalqaro amaliyotga koʻra aniq belgilanmoqda.

Taʼkidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi orqali qishloq xoʻjaligida sifatli va xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish, pestitsid va veterinariya vositalari ustidan nazoratni kuchaytirish, mahsulotlarni sertifikatlash va eksport jarayonlarini soddalashtirish kabi yoʻnalishlar huquqiy jihatdan tartibga solinadi.

Majlisda yer maydonlarini foydalanishga kiritish, yaylov va oʻrmon fondi yerlarida ozuqabop ekinlar yetishtirishni tashkil etish, chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini Toshkent viloyatida oʻrganish yakunlari ham muhokama qilindi.

Viloyatda 1 milliondan ortiq chorva mollari boqiladi, joriy yilning birinchi yarmida 165 ming tonna goʻsht, 521 ming tonna sut, 709 mln dona tuxum, 5,4 ming tonna baliq, 170 tonna asal yetishtirilgan.

Chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlarda aholi xonadonlariga naslli qoramol, qoʻy, echki va parranda tarqatilib, yetishtirilgan sut, goʻsht va tuxum mahsulotlarini kooperatsiya asosida sotib olish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 2023-yilda 13 ta, 2024-yilda 7 ta va joriy yilda 3 ta oilaviy chorvachilik kooperatsiyalari tashkil etilgan.

Chorvachilik tarmoqlarida joriy yilda 40 ta loyiha amalga oshirilganligi hisobiga 161 nafar doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari yaratilgan. Yil yakuniga qadar 700 dan ortiq ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarning oldini olish hamda choʻllanishga qarshi kurashish maqsadida har yili 200 gektardan ortiq maydonga koʻchat ekilishi yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga 400 gektardan ortiq maydonda daraxtzorlar yaratilmoqda, tuproq eroziyasi, suv tanqisligi, choʻllanishning oldini olishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер