Qoʻmita majlisida mudofaa sohasiga oid qonun muhokama qilindi hamda aholini tashvishga solayotgan muammolar hal qilinishi tahlil qilindi

19:16 22 Oktyabr 2025 Siyosat
323 0

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda mudofaa sohasiga oid qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi va aholini tashvishga solayotgan muammolar hal qilinishi tahlil qilindi.

Xususan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Qayd etilganidek, soʻnggi yillarda Qurolli Kuchlarni professional tuzilmaga aylantirish hamda harbiy xizmat nufuzini yanada oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur Qonun harbiy roʻyxatga olish va undan chiqarish tartibini, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻgʻrisidagi axborotning elektron almashuvini takomillashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, Senat yalpi majlislarida muhokama qilingan muammoli masalalarning hal qilinishi yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va tegishli vazirliklarning axborotlari eshitildi.

Jumladan, abonentlarning roziligisiz va xabardorligisiz mobil aloqa operatorlari ularni pullik SMS-xabarlarga hamda xizmatlarga avtomatik tarzda ulab qoʻyayotganligi hamda Toshkent shahridagi piyodalar yer usti oʻtish joylarida oʻrnatilgan lift va eskalatorlarning nosoz holatda ekanligi, ayrim piyodalar oʻtish joylarida esa lift va eskalatorlar oʻrnatilmaganligi bilan bogʻliq muammolar yuzasidan Toshkent shahar hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi rahbarlarining axborotlari eshitildi.

Muhokama yakunida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер