Qiziltepada Xalqaro shaxmat maktabi qurilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Prezidentimizning 2022-yil 5-avgustdagi “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida Qiziltepa tumanining «Toʻdakoʻl» dam olish bazasi hududida maktabdan tashqari davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi qurilishi belgilangan.
Ayni kunlarda ushbu maktabning qurilishi jadal surʼatlarda davom etmoqda.
— Mazkur maktab zarur shaxmat anjomlari va uskunalari bilan jihozlanib, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda oʻquv-mashgʻulot bazalariga ega boʻladi, — deydi Qiziltepa tuman hokimi Ulugʻbek Fayziyev. — Shuningdek, turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalar — shaxmat olimpiadasi va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash maqsadida maktabga yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan, jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari jalb etiladi.
Qoʻshimcha qilish joiz, maktabda shaxmatchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor tajribalarni hisobga olgan holda oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan shaxmatchilarni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash, shaxmat boʻyicha terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish ham koʻzda tutilgan. Shu omillarning oʻzi mazkur maktab Qiziltepada yilning eng yirik qurilishi boʻlishidan dalolatdir. Shuningdek, uning bunyod etilishi tumanning sayyohlik markazlaridan biri boʻlgan Toʻdakoʻlning turizm jozibadorligini yanada oshirishi tayin.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring