Qisqa muddatli oʻquv kurslari nima uchun kerak?
— Ikki yildan buyon santexnik vazifasida mijozlarga xizmat koʻrsatib kelmoqdaman, — deydi Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi Bahromjon Xolmirzayev. — Bu sohada oʻqimagan boʻlsam ham ustozlardan dars olganman. Biroq shunday holatlar yuzaga keldiki, bajargan ishimni takror bajarishimga toʻgʻri keldi. Boisi, men amalga oshirayotgan ishimning sababi va natijasini bilmasdim. Ustozlar nimani koʻrsatgan boʻlsa shuni tushunib-tushunmay bajarib kelganman. Qisqa muddatli oʻquv kursida tahsil olish davomida har bir amalning avval sababini oʻrganish, keyin uni bajarish kerakligini tushundim. Tengdoshlarimga biror kasb-hunarni oʻrganmoqchi boʻlishsa albatta, nazariy bilimga ham ega boʻlish kerakligini maslahat beraman.
Tumandagi qisqa muddatli 2-kasb-hunar maktabida Bahromjon tengi 98 nafar yigit-qizlar elektropayvandchi, elektromontyor, santexnik, oshpazlik va tikuvchilik sir-sinoatlarini oʻrganmoqdalar. Ularning 30 foizi 30 yoshdan ortganligini inobatga olsak, taʼlim olishning erta-kechi yoʻqligiga amin boʻlamiz.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring