Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari sifatini baholashda “Yangi shaffof tizim” joriy etildi
Illyustrativ foto
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari sifatini baholashda “Yangi shaffof tizim” joriy etildi. Bu haqda “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida qayd etilgan.
Hujjatga koʻra, endilikda Oʻzbekistonda urugʻliklar sifatini baholashning yangi tizimi joriy etiladi. Bu tizim orqali har bir urugʻlik qadoqlari raqamli QR-kodli yorliqlar bilan taʼminlanadi.
QR kodli yorliqlar — urugʻliklar haqidagi barcha maʼlumotlarni, jumladan – nav tavsifnomasi, navdorlik va ekinboplik sifatlari, ishlab chiqaruvchi va urugʻlik haqidagi zaruriy maʼlumotlarni bir zumda koʻrish imkoniyatini beradi.
“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” yangi tizim boʻyicha Oʻzbekistonda yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilanadi.
Mazkur tizim ikki bosqichli baholashni nazarda tutadi:
- birinchi bosqichda — urugʻliklarning navdorlik sifatlarini baholash;
- ikkinchi bosqichda — urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini baholash.
Bunda, urugʻlik xarid qilinganda foydalanuvchilar raqamli
QR-kodli yorliqlangan va sifati kafolatlangan urugʻlik bilan taʼminlanadi.
Endilikda, barcha dehqon, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi subyektlarning reyestri, urugʻliklarning sifatlarini baholash natijalari reytingi bilan agroxizmat.uz rasmiy veb-sayt orqali tanishib borish imkoniyati yaratiladi.
Xalqaro tajribaga asoslanib, yangi tizim doirasida ISTA va OECD qoidalari boʻyicha meʼyoriy hujjatlar moslashtiriladi.
Natijada, yangi tizim joriy etilishi bilan eksportbop, yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni koʻpaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga erishiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring