Qishki taʼtil uzaytirilishi sababli poyezdlar uchun chegirmali chiptalar muddati ham uzaytirildi
Foto: Arxiv surat
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarga oʻquv grafiklarini moslashtirgan holda amalga oshiriladi.
Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Bunda, barcha talaba va oʻquvchilarga nazorat ishlarida ishtirok etishlariga imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari uchun qishki taʼtil muddati uzaytirilishi munosabati bilan temiryoʻl poyezdlariga qoʻshimcha joylar soni yanada koʻpaytirilib, xarid qilingan yoʻl chiptalari bepul almashtirib beriladi. Bundan tashqari, tezyurar va yoʻlovchi poyezdlarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma sotuvi muddati ham uzaytiriladi.
Barcha temiryoʻl kassalarida talaba-oʻquvchilar avval xarid qilgan chiptalarini boshqa sanaga almashtirishlari yoki taʼtil yakunlanguniga qadar chegirma bilan sotib olishlari mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yurak xuruji va insultdan saqlanish uchun isteʼmol qilish kerak boʻlgan mahsulotlar qaysi? Yangi tadqiqot hammasini fosh qildi
- “ChatGPT”dan moliyaviy maslahat olishdan oldin “yetti oʻlchab, bir kesing”
- Oʻzbekiston tibbiyoti tarixida birinchi marta oʻta murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi
- 2024-yilning eng yaxshi smartfonlari nomi e’lon qilindi
- 2024-yilning eng qimmat avtoraqami maʼlum boʻldi
- “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring