2024-yilning eng qimmat avtoraqami maʼlum boʻldi

18:47 24 Dekabr 2024 Jamiyat
1398 0

Ushbu avtoraqam bugun, 24-dekabr sanasida salkam 1 milliard soʻmga sotildi.

Sotuvga qoʻyilgan 01 888 BBB avtoraqami 965 million 250 ming soʻmga baholandi.

Dastlab 337 million 500 ming soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga qoʻyilgan bu avtoraqamning narxi auksion tugash vaqtiga qadar 965 million 250 ming soʻmgacha koʻtarilgan.

2024-yil davomida bunga qadar sotilgan eng qimmat avtoraqam 517,1 mln soʻmga baholangan edi. Uni Toshkent shahridan yuridik shaxs qoʻlga kiritgan. Uchinchi oʻrindagi raqamni esa 10-iyul kuni 508 mln soʻmga xarid qilingan.

2023-yilda 893 million soʻm narx bilan 01 777 RRR, 2022-yilda esa 669 million 600 ming soʻmga baholangan 50 777 ZZZ yilning eng qimmat avtoraqami boʻlgan.

Bulardan kelib chiqsak, bugun, 24-dekabrda sotilgan 01 888 BBB avtoraqami yaqin uch yillikdagi rekord narxlarni ham parchalabdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?