Qirgʻizistonning sobiq prezidenti barcha davlat mukofotlaridan mahrum qilindi
Arxiv foto
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev barcha davlat mukofotlaridan mahrum qilindi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, tegishli hujjatni respublikaning amaldagi rahbari Sadir Japarov imzolagan.
Sobiq prezident “Qirgʻiziston Qahramoni”, 2-darajali “Manas” ordeni, “Danaker” ordeni va “Dang” medalidan mahrum qilingan. Matbuot xizmatining taʼkidlashicha, orden va medallar keyinchalik respublikaning davlat mukofotlari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Bosh prokuratura sud ijrochilari xizmatiga Atambayevning davlat mukofotlarini keyinchalik davlat mukofotlari jamgʻarmasiga oʻtkazish uchun musodara qilish choralarini koʻrish topshirildi.
Atambayev 2011-yildan 2017-yilgacha Qirgʻiziston prezidenti boʻlgan, shundan soʻng u rasman mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etmagan.
2025-yilning 3-iyun kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi uni 2019-yilda Koy-Tosh qishlogʻida sodir boʻlgan voqealar uchun aybdor deb topib, 11,5-yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.
Atambayev oʻzi esa Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan aybdor deb topilsa, har qanday qamoq jazosini oʻtashga tayyorligini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring