Qirgʻizistondan Janubiy Koreyagacha: Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilishmoqda?

10:48 05 Sentyabr 2024 Iqtisodiyot
355 0

Turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari koʻproq qaysi mamlakatlarga tashrif buyurayotgani haqidagi axborot ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,4 mln nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 890,5 ming nafarga yoki 35,7 % ga oshgan. Bundan tashqari, yurtdoshlarimiz eng koʻp Qirgʻiz Respublikasiga tashrif buyurganini koʻrishimiz mumkin.

Turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha TOP 10 quyidagicha:

1) Qirgʻiz Respublikasi – 1,6 mln nafar;

2) Tojikiston – 676,4 ming nafar;

3) Qozogʻiston – 526,4 ming nafar;

4) Rossiya – 159,7 ming nafar;

5) Turkiya – 123 ming nafar;

6) Saudiya Arabistoni – 106,5 ming nafar;

7) BAA – 70,6 ming nafar;

8) Misr – 22,2 ming nafar;

9) Quvayt – 16,7 ming nafar;

10) Janubiy Koreya – 12,3 ming nafar.

Boshqa davlatlarga sayohat qilgan yurtdoshlarimizning soni esa 91,5 ming nafardan oshishi maʼlum qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?