Qirg‘iziston yoz davomida O‘zbekistonga 500 mln kVt/soat elektr energiyasini eksport qiladi
Qirg‘iziston O‘zbekistonga yozgi elektr energiyasini eksport qilishni davom ettiradi. Bu haqida ushbu mamlakat “Elektricheskiye stansii” OAJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Respublikasining suv-energetika resurslaridan ushbu davlat meteorologiya markazi ma’lumotlarini inobatga olgan holda oqilona foydalanish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari doirasida elektr energiyasini yozgi mavsumda yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilgan.
“Elektricheskiye stansii” OAJ (Qirg‘iziston) va “O‘zbekenergo” AJ (O‘zbekiston) o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, bugun elektr energiyasi eksporti boshlanib, 2018 yil avgust oyiga qadar davom etadi.
Belgilangan muddatda 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi uzatiladi. Bunda har bir kilovatt-soat uchun narx, Markaziy Osiyo bozorida qabul qilinganidek, 2 sentdan belgilandi.
Qayd etilishicha, Toktogul suv omboridagi suv hajmi 2018 yilda elektr energiyasini eksport qilish imkonini beradi.
Sutkalik yetkazib berish hajmi tomonlarning texnik imkoniyatlari va yuqoridagi suv omboridagi suv hajmiga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring