Qirgʻiziston prezidenti lavozimiga ellikdan ortiq nomzodlar daʼvogarlik qilmoqda
Qirgʻiziston prezidentligiga hujjat topshirish muddati yakunlanib borayotgan bir vaqtda nomzodlar soni 50 dan oshdi. Bunday raqamlar respublika markaziy saylov qoʻmitasi tomonidan keltirilgan, deb yozadi Sputnik.
Nomzodlar orasida prezident vazifasini bajargan Sadir Japarov ham bor. U shuning uchun ham davlat va hukumat rahbari vakolatlarini oʻzidan soqit qildi. Jogorku Kenesh spikeri Talant Mamitov prezidentlik, Artyom Novikov esa bosh vazirlik vazifasini vaqtincha bajarib turadi.
Nomzodlar orasida, shuningdek, parlamentning sobiq spikeri Kanat Isayev ham bor. U saylovlarda ishtirok etish uchun 4-noyabr kuni qonunchilik kengashi rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqqandi.
Prezidentlik uchun kurash olib boradiganlar orasida boshqa bir qator mahalliy mashhur siyosatchilar ham bor. Jumladan, oʻtgan parlament saylovlarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan va natijalari keyinroq bekor qilingan «Butun Kыrgыzstan» partiyasi yetakchisi — Adaxon Madumarov davlat ham rahbari lavozimiga daʼvogarlik qilmoqda. Shuningdek, saylovlarda Madumarovning partiyadagi sherigi va ichki ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari Kursan Asanov ham qatnashadi.
Nomzodlardan yana biri — mamlakat Konstitutsiyaviy palatasining sobiq sudyasi va muxolifatdagi “Islohotlar” partiyasi yetakchisi Klara Sooronqulovadir. Oktyabr oyi boshida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida uning siyosiy birlashmasi 1,5 foiz ovozga ega boʻlgandi.
Bundan tashqari, sobiq parlament aʼzolari, fuqarolik faollari, oʻqituvchilar, yuristlar, pensionerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va oʻndan ortiq vaqtincha ishsizlar ham bor prezidentlik lavozimi uchun kechadigan oʻziga xos musobaqada ishtirok etadi. Faqatgina bir kishi, siyosatshunos Baqit Baketayev hujjatlarni topshirgandan soʻng, oʻz ixtiyori bilan saylov poygasidan chiqib ketgan.
Maʼlumot uchun, Qirgʻizistonda prezident saylovlari 2021-yil 10-yanvar kuni boʻlib oʻtishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring