Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha Ombudsman tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

13:37 15 Noyabr 2023 Jamiyat
105 0

Иллюстратив фото

2023-yilning 10 oyida Ombudsman va Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 452 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. 2022-yilning 10 oyida ushbu koʻrsatkich 297 tani tashkil etgan edi.

Monitoring tashriflarning 114 tasi jazoni ijro etish koloniyalari, 102 tasi tergov hibsxonalari, 98 tasi vaqtincha saqlash hibsxonalari, 35 tasi Maxsus qabulxonalar, 17 tasi reabilitatsiya qilish markazlari, 23 tasi narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallari, 19 tasi ruhiy-asab kasalliklari shifoxonalari, 25 tasi “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, 12 tasi mastlik holatidagilarga tibbiy yordam koʻrsatish punktlari va 7 tasi tuman (shahar) Ichki ishlar boʻlimlarida oʻtkazilgan.

Monitoring tashriflari davomida 8 mingdan ortiq mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda 3 ming nafarga yaqin shaxs bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi.

Tashriflarda ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslarni yashash, ovqatlanish, mehnat qilish hamda tibbiy yordam koʻrsatish holati va sifati, saqlanayotgan shaxslar uchun olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi va boshqa shu kabi holatlar oʻrganildi.

Monitoringda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha 10 oyda Ombudsman tomonidan mutasaddi va tegishli vazirlik va idoralarga 7 ta taqdimnoma, 2 ta xulosa, 6 ta talabnoma va 2 ta tahliliy axborot kiritildi.

Shuningdek, Ombudsman tomonidan Oliy Majlis palatalariga 4 ta tahliliy maʼlumot taqdim etildi.

Joriy yilning 10 oyida Ombudsmanga harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslar hamda ularning yaqin qarindoshlari va himoyachilari (advokatlari) tomonidan 1 809 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 49 foizi bevosita mahkum va mahbuslar tomonidan yuborilgan.

Murojaatlarni koʻrib chiqish davomida 14 nafar mahkum yashash joyiga yaqin boʻlgan jazoni ijro etish muassasalariga oʻtkazilgan. Manzil-koloniyalarda jazo muddatini oʻtayotgan 3 nafar mahkumga nafaqa pullari toʻlab berildi.

“Muruvvat” uyida saqlanayotgan 119 nafar va ruhiy-asab kasalliklari dispanserlarida saqlanayotgan 3 nafar shaxslarga hamda jazoni ijro etish koloniyalaridagi 42 nafar mahkumga va 2 nafar mahkumaning 3 nafar farzandiga ID-kartalar olinishida amaliy yordam koʻrsatildi.

Mahkum va mahbuslarning Ombudsmanga yuborgan murojaatiga asosan 27 nafar jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, davolanish uchun kasalxonalarga joylashtirildi.

62 nafar mahkumning oila aʼzolariga joylardagi mahalliy hokimliklar koʻmagida jami 100 mln. soʻmdan ortiq moddiy yordam ajratilishiga va 17 nafarining yaqin qarindoshlariga tibbiy xizmat koʻrsatilishiga erishildi.

Shuningdek, Samarqand viloyatidagi 7-son Tergov hibsxonasi, 37 va 38-son Manzil koloniyalarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 27-son Manzil-koloniyasida hamda Navoiy viloyatida joylashgan 4 va 5-son Jazoni ijro etish koloniyalarida saqlanayotgan shaxslar kardiolog, nervpotolog, okulist, lor kabi tor doiradagi mutaxassislar tomonidan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy bosim oʻtkazilganligi yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazilganligi yuzasidan Ombudsmanga 147 ta shikoyatlar kelib tushgan. Ularning 28 tasi bevosita monitoring tashriflari davomida amalga oshirilgan yakka tartibdagi qabullarda, 23 tasi “Ombudsman qutisi”, 46 tasi penitensiar muassasalar maʼmuriyati va mahkumlarning (mahbuslarning) yaqin qarindoshlari tomonidan pochta aloqasi xizmati orqali, 22 tasi Ombudsman va uning masʼul xodimlari tomonidan amalga oshirilgan shaxsiy qabullar, 22 tasi elektron tarzda va 6 tasi Ombudsmanning “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan.

Alohida taʼkidlash joizki, ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 21 ta xabarlar oʻrganilib, bu boʻyicha munosabat bildirilgan. Mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 9 ta talabnomasi kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер