«Yangi Oʻzbekiston» massivlarini qurilishida eʼtiborsizlik qilgan toʻqqizta viloyat hokimining oʻrinbosariga hayfsan eʼlon qilindi
Foto: president.uz
Prezident raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
2022-yilda 31 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish dasturi boshlangan edi.
Yigʻilishda bu boradagi ishlar Andijon va Xorazmda yaxshi ketayotgani taʼkidlanib, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryodagi massivlarda hokimlarning eʼtiborsizligi oqibatida birorta uy foydalanishga topshirilmagani qattiq tanqid qilindi.
“Yangi Oʻzbekiston” massivlari boʻyicha Fargʻonada 80 ta, Samarqandda 36 ta, Toshkent viloyatida 15 ta, Namanganda 14 ta uyni foydalanishga topshirish choʻzilib ketayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Shu munosabat Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona va Toshkent viloyati hokimlarining qurilish boʻyicha oʻrinbosarlari, Markaziy bankning viloyat boʻlinmalari rahbarlariga hayfsan eʼlon qilindi va vaziyatni oʻzgartirish uchun bir oy muhlat berildi.
Umuman, 2023-yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring