Qashqadaryodagi xususiy klinikada shifokorning aybi bilan bemor ayol vafot etdi

16:35 08 Noyabr 2024 Jamiyat
488 0

Qashqadaryo viloyatidagi xususiy poliklinika 28 yoshli ayol boʻyniga qilingan ukol sabab vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. “Xalq soʻzi” muxbiri mazkur holat yuzasidan maʼlumot olish uchun Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bogʻlandi.

Uning bizga maʼlum qilishicha, joriy yilning 6-noyabr kuni soat 11:00 larda 28 yoshli N.B. (ayol) xususiy poliklinikaga anginasi shishib ketgani boʻyicha murojaat qilib kelgan. Ayolning tomogʻi shishib, yiringlagani sababli xususiy poliklinika LOR shifokori J.I. uning tomoq qismiga “Seftriakson” va “Deksametazon” dori vositalari aralashmasidan inyeksiya yuborgan.

Shu vaqtda bemor ayolning tili tortilib ketgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan uning sogʻligʻi yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер