Qashqadaryoda qadimiy oltin tangalarni sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Qashqadaryo viloyatida qadimiy oltin tangalarni sotishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida Muborak tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.K. 1897-1901-yillarda Rossiya imperiyasida chiqarilgan, “Nikolay II” yozuvi tushirilgan 10 dona qadimiy oltin tangani fuqaro Sh.H.ga 71 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosalariga koʻra, ushbu oltin tangalarning umumiy sof vazni 42,74 grammni tashkil etib, ular qimmatbaho oltin qotishmasidan tayyorlanganligi tasdiqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring