Qashqadaryoda xususiy klinikalar ochilishiga 140 mln dollar ajratiladi
Illyustrativ foto
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilishda kecha, 19-iyun kuni hududdagi turli obyektlarga tashrifidan olgan taassurotlari bilan boʻlishdi.
Xususan, uch yil oldin Chiroqchidan ajralib chiqqan Koʻkdala tumani: oʻtgan davrda bu yerda 120 kilometr suv, 210 kilometr elektr tarmogʻi qurildi, 605 kilometr tuproq yoʻllar taʼmirlandi, 19 ta maktab, 22 ta bogʻcha, 5 ta oilaviy poliklinika ishga tushdi. Ishlab chiqarish korxonalari 3 karra oshib, 220 taga yetdi.
Qisqa davrda Mirakining oʻzida 180 million dollarlik 200 dan ortiq loyiha ishga tushdi, 2 ming ish oʻrni yaratildi. Yana 150 million dollarlik loyihalarda ishlar ketyapti.
Yakkabogʻ tuman markazida 1 ming 400 xonadonli 54 ta koʻp qavatli uylar, “Eko bozor”, zamonaviy savdo va koʻngilochar markazi barpo boʻldi.
“Toʻgʻrisi bu menga juda maʼqul boʻldi. Mana tuman markazi qanday boʻlishi kerak! Bunday loyihalarni har bir tuman, har bir mahallada qilsak, oʻsha hududga madaniyat kiradi, islohotlarimiz joylargacha yetib borganining yaqqol natijasi boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Shahrisabz shahrida 10 million dollarlik koʻp tarmoqli zamonaviy klinika ishga tushirildi. Har bir hududda kamida 1 tadan mana shunday xususiy klinika ochilishiga koʻmaklashish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Buning uchun davlat 140 million dollar resurs ajratishga tayyor.
“Qisqa qilib aytganda, Shahrisabz, Yakkabogʻ va Koʻkdalada ishga tushgan yangi loyihalar «Islohotlar shtabi”ga tayyor andoza. Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabogʻ va Koʻkdalani kelib koʻrsin, oʻrgansin, oʻzida ham mana shunday yangi-yangi loyihalarni qilsin», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring