Qashqadaryoda kabellar uchun kompaund ishlab chiqarila boshlandi

Qashqadaryo viloyatidagi korxonalarda polietilen olish bilan bir qatorda, uni chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulot holida ichki va tashqi bozorga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Polietilen quvurlar va ularning ulovchi qurilmalari, turli hajmdagi idish va qutilar, tomchilab sugʻorish tizimi detallari, alyumokompozit panellar shular jumlasidandir.
Ayni paytda xitoylik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda polietilen kabel mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati 8 million AQSH dollarini tashkil etadigan mazkur loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirildi.
— Dastlabki bosqichda kabel mahsulotlari uchun yuqori sifatli qobiq, yaʼni kompaund ishlab chiqarishni boshladik, — deydi qoʻshma korxona rahbari Jang Shin Xua. — Bu loyiha har ikkala davlatning iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi.
Loyihaning ikkinchi bosqichida yiliga 29 ming tonna peroksid xomashyosi orqali kompaund, kabel mahsuloti va qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Taʼkidlash joiz, shu vaqtga qadar ushbu turdagi mahsulotlar xorijiy davlatlardan import qilinmoqda. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar esa import oʻrnini bosishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring