Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotilishining oldi olindi

15:13 18 Aprel 2025 Jamiyat
115 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, “N.I.” MCHJ rahbari Sh.U. va doʻkon sotuvchisi Sh.O. xaridorga bir xil seriya raqamli qalbaki aksiz markali 36 dona “Shahrisabz” nomli alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu savdo doʻkonidan 557 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari aniqlanib, tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер